TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya tashqi razvedka xizmati Ukraina yadroviy tartibga solish davlat inspeksiyasi Roven AESdan nurlangan yoqilg‘i partiyasini qayta ishlash uchun jo‘natmoqchi bo‘lgani haqida ma’lumot oldi.
“RF Tashqi razvedka xizmati direktori S.E.Narishkinga ko‘ra, yaqinda Kiyev iflos yadroviy bomba - portlovchi va radioaktiv moddalar bilan to‘ldirilgan o‘q-dorilarni yaratish ustida ishlashni davom ettirishi mumkinligi haqida dalolat beruvchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi, uning portlashi ulkan hududning radiatsiyaviy ifloslanishiga olib keladi”, — deyilgan bayonotda.
Aytilishicha, 2 ta maxsus konteyner Chernobildagi ishlatilgan yadro yoqilg‘isi omboriga olib ketilgan. Shu bilan birga, Ukraina tomoni o‘z harakatlari haqida MAGATEni xabardor qilmagan. Narishkinning so‘zlariga ko‘ra, aslida Roven AESdan yoqilg‘i qayta ishlashga yuborilgan.
"Biz Ukraina QK tomonidan "iflos yadroviy bomba" dan foydalanish ehtimoli butun Sharqiy Yevropa ekotizimining hayoti va aholining sog‘lig‘i uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishidan kelib chiqamiz, shu jumladan Yevropa Ittifoqi davlatlari va Qora dengiz mintaqasida”, - deya xizmat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan TRQ matbuot departamenti.
Tashkilot inspektorlari aprel oyida stansiyaga tashrif buyurishdi. O‘sha paytda ular Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish kafolatlari bo‘yicha hech qanday kamchiliklar aniqlamagan.
Iyun oyi boshida FXX Ukraina harbiy razvedkasi rahbariyati Rossiyada qo‘poruvchilik harakatlarini qilish uchun yengil mtorli aviatsiya bilan alohida bo‘linma tashkil qilgani haqida xabar berilgandi. Uning vazifalaridan biri - radioaktiv elementlarni o‘z ichiga olgan portlovchi moddadan foydalangan holda terakt uyushtirishdir.