TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati hududlarida sodir bo‘lgan tabiat hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
“Hozirgi daqiqalarga qadar holat yuzasidan jabrlanganlar to‘g‘risida FVVga murojaatlar kelib tushmagan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda chang bo‘ronlari azaldan tez-tez uchrab turadi. Odatda havoga ko‘tarilgan qum va chang massalari shamol kuchsizlashgandan so‘ng tarqaladi va yerga o‘tiradi.
Avvalroq Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati hududlarida kuzatilgan kuchli shamol sabab qator hududlarda elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirilgani xabar qilingan edi.