Buxoro va Navoiy viloyatlarida qariyb 30 mingta xonadon “svet”siz qoldi

Vazirlik kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol esmoqda.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida soat 17:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshku va G‘ijduvon tumanlaridagi jami 6000 ta iste’molchining, Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlaridagi jami 23 560 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish bo‘lmoqda.
Vazirlik kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida chang bo‘roni va kuchli shamol kuzatilayotgani aks etgan videolar tarqalgan edi.