Mirziyoyev Tehronga jo‘nab ketdi

Bugun Eron poytaxtida Mirziyoyev prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun Eron poytaxtida Mirziyoyev prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.