TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Endilikda O‘zbekistondagi barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to‘lashi mumkin. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–847-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qaror bilan, Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni, hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan. Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.