Qrimdagi “Artek” bolalar oromgohi ochilganiga 98-yil to‘ldi

Rossiya “Artek”ni qayta ta’mirlashga 30 milliard rubldan ortiq sarmoya kiritdi. Bugungi kunda “Artek” lageri Rossiyadagi eng zamonaviy bolalar markazlaridan biridir.
Sputnik
Bir paytlar butun SSSR bo‘ylab pionerlar “Artek” bolalar lageriga borishni orzu qilishardi. Nafaqat sovet! “Artek” butun dunyo bolalari uchun xalqaro kurortga aylangan. 1925-yil 16-iyunda u yerda birinchi yozgi smena ochilgan. Sovet davrida bu joy pionerlarning tashrif qog‘ozi hisoblangan. Har yili “Artek”ga nafaqat Rossiyadan, balki dunyoning boshqa davlatlaridan ham 45 ming bola keladi.