O‘zbekiston Qatar bilan o‘zbek allomalari qo‘lozmalarini o‘rganadi — foto

Madaniyat va turizm vaziri Qatar milliy kutubxonasida saqlanayotgan Ibn Sino va Muso at-Termiziylarning qo‘lozmalari bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Qatar bilan o‘zbek allomalari qo‘lozmalarini o‘rganishga kelishib oldi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Qatar milliy kutubxonasi faoliyati va Ibn Sino va Muso at-Termiziylarning qo‘lozmalari bilan yaqindan tanishdi.
Qatar milliy kutubxonasi
Tanishuv davomida kutubxona prezidenti Hamad bin Abdulaziz Al-Kavari Qatar milliy kutubxonasining tarixi, bugungi faoliyati, rejalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, islom madaniyati rivojida Imom Al-Buxoriy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylarning o‘rni katta ekanini ta’kidlab, O‘zbekistondagi mavjud qo‘lozmalar, ilmiy asarlarni o‘rganish, tadqiq etishga katta ehtiyoj borligini qayd etdi.
Qatar milliy kutubxonasi
Uning so‘zlariga ko‘ra, kutubxona faoliyatining eng muhim vazifalardan biri bu qadimiy qo‘lozmalarni izlab topish, hattoki shaxsiy kolleksiya va autsionlardan sotib olish va jamlashdan iborat.
Qatar milliy kutubxonasi
Qatar milliy kutubxonasi bilan quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Qadimiy ilmiy asarlar, qo‘lozmalarni o‘rganish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish;
Kutubxonaning uzoq yillik tajribasidan foydalanib qadimiy va noyob asarlarning noqonuniy harakatini aniqlash;
Asarlarni qaytarish bo‘yicha texnologik va uslubiy yechimlar yuzasidan tajriba almashish.
Qatar milliy kutubxonasi
Ma’lumot uchun, Qatar milliy kutubxonasi Qatar ta’lim, fan va jamiyatni rivojlantirish jamg‘armasiga qarashli notijorat tashkilot. Ziyo maskani Fors ko‘rfazi mintaqasida 1962-yilda eng birinchi tashkil etilgan kutubxonalardan biri hisoblanadi.
Qatar milliy kutubxonasi
Kutubxona fondidan 1 milliondan ortiq kitoblar va 500 mingda ortiq elektron kitoblar, davriy nashrlar va gazetalar hamda maxsus to‘plamlar joy olgan.