TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik Oksana Chusovitina Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Singapurda sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.Unda Oksana Chusovitina shohsupaga ko‘tarildi.
Bugundan bir qator yo‘nalishlarda final bellashuvlariga navbat berildi.
Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medalga ega chiqdi. U faqatgina janubiy koreyalik Yo So Chjondan pastroq ball jamg‘ardi.