TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan F-31-sonli farmoyishda nazarda tutilgan.
2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:
bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.
Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi. Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.