"Uzbekistan Airways" mahalliy parvozlar uchun yangi samolyotlar sotib oladi

Chexiyaning LET kompaniyasi samolyotlari respublika bo‘ylab parvozlarni amalga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi LET L-410 samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.
Samolyotlar Chexiyaning "LET Aircraft Industries" konserni tomonidan ishlab chiqariladi.
Yangi samolyotlar o‘ta qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ucha oladi, bu esa respublika bo‘ylab yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi hamda Zarafshon, Shahrisabz va Andijon kabi shaharlarga reyslarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Haqiqiy aviachiptani soxtasidan qanday ajratish mumkin — Silk Avia yo‘lovchilarni ogohlantirdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilindi, aviaparklar soni esa 44 taga yetdi.