TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. TOS-1 “Solnsepok” og‘ir o‘t ochuvchi tizimlari Novodoneskoe hududida (DXR Volnovaxa tumani) Ukraina qo‘shinlarining hujumiga qarshi javob qaytardi. Bu haqda “Vostok” bo‘linmalari matbuot markazi boshlig‘i Oleg Chexov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“TOS-1 “Solnsepok” og‘ir o‘t ochuvchi tizimining o‘qotar-operatori, serjant Viktor Petrunin, Novodoneskoe aholi punkti hududida, dushmanning muntazam o‘qlari ostida, ekipaj tarkibida oldinga harakatlanayotgan Ukraina Qurolli kuchlariga zarar yetkazdi. Jasoratli va yaxshi muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida serjant Petrunin ekipaji bir necha o‘nlab millatchilarni va ikkita zirhli jangovar mashinasini yo‘q qildi. Yo‘qotishlarga uchragan dushman chekindi, Rossiya qo‘shinlarining pozitsiyalari saqlab qolindi”, - deydi u.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6-iyun kuni Rossiya qo‘shinlari uch kun ichida UQKning barcha hujum qilishga bo‘lgan urinishlarining oldini olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni 3 715 nafargacha harbiysini yo‘qotgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Ukraina armiyasi biror bir yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmaganini qayd etdi.
“Bloomberg” agentligining yozishicha, G‘arb UQK katta yo‘qotishlarga duch kelganini tan olmoqda. “The Washington Post” gazetasi esa Ukrainaning muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi Kiyevning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin..