TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi, deya xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi.
Oliy Majlis Senatida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi viloyat hokimligi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.