TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Oq uyning Kiyevga kam boyitilgan uranli tank snaradlarini yetkazib berish rejalari maxsus xarbiy operatsiya jarayoniga ta’sir qilmaydi, u davom etadi va maqsadlari amalga oshiriladi, ma’lum qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi RIA Novostiga.
Avvalroq OAV AQSh rasmiylariga tayanib, Oq uy Ukrainaga kam boyitilgan uranli tank snaradlarini bermoqchiligi haqida xabar bergan edi.
Rossiya TIV buni izohlar ekan, “Rossiya Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaradlarni yetkazib berish mavzusiga bir necha bor izoh berib, turli darajada va xalqaro platformalarda G‘arb davlatlarining e’tiborini ushbu muammoga qaratganini” eslatdi.
“Kiyev rejimining bu turdagi o‘q-dorilardan foydalanishi tinch aholi musibatlarining ortishiga, jumladan, hudud aholisining sog‘lig‘i uchun xavfli moddalar bilan ifloslanishidan azob chekishiga olib keladi”, — deya ma’lum qilgan Rossiya vazirligi.
“Shunga qaramay, Oq uy bu zaharni Kiyevdagi askarlari bilan ayamasdan bo‘lishishga tayyorligini bildiradi. Agar Vashington shu tarzda maxsus harbiy operatsiya jarayoniga ta’sir o‘tkazishga umid qilsa, bu umidlar amalga oshmaydi. Maxsus harbiy operatsiya davom etadi va uning barcha maqsadlariga erishiladi”, — deya xulosa qildi Rossiya TIV.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb nega Ukrainaga uranli snarad berishga tayyorligini aytgan edi. Uning fikricha, G‘arb qurol-yarog‘ zaxirasida zaxirada hech vaqo qolmagan, shu bois ishlab chiqarish o‘rniga tayyor kam boyitilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib bermoqchi.