"Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi", - deyiladi xabarda.
2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.
2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.
16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”imzolangan edi.
Sentabr oyining oxirida O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda infratuzilma Rossiya gazini 1-oktabrdan qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligima’lumotlarigako‘ra, shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 3 milliard kubometrni tashkil etadi va bu kelajakda oshirilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga "Markaziy Osiyo — Sentr" gaz quvuri orqali yetkazib berish loyihasi eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida 1960-yillarda qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan gaz infratuzilmasidan revers usulida foydalaniladi.