TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga so‘nggi besh oyda 28 mingdan ziyod xorijlik davolanish maqsadida kelgan, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 2,6 million nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi Tojikistondan tashrif buyurgan.
Shundan:
havo transportida kelgan sayyohlar 428,4 ming kishi (16,5 %);
temir yo‘l orqali kelganlar – 32,8 ming kishi (1,3 %);
avtomobil transportida kelganlar – 18,4 ming kishi (0,7 % ;
piyoda kelganlar 2,1 mln kishi (81,5 %).
Sayyoh va mehmonlar quyidagi davlatlardan tashrif buyurishgan:
Tojikiston – 797,8 ming;
Qozog‘iston – 656,5 ming;
Qirg‘iziston – 649,5 ming;
Rossiya – 279,8 ming;
Turkiya – 39,5 ming;
Turkmaniston – 21,2 ming;
Janubiy Koreya – 12,4 ming;
Hindiston – 12,3 ming;
Xitoy – 9,6 ming;
Germaniya – 9,5 ming.
"5 oy ichida O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijlik fuqarolar soni 28,1 ming nafarni tashkil qilgan. Bu mamlakatimizda tibbiy turizm sohasi jadal rivojlanib borayotganini tasdiqlaydi", - deyiladi xabarda.