TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik atletlar Qirg‘izistonda o‘tayotgan musobaqada 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha U-23 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasida qit’a birinchiligi bahslari o‘tkazilmoqda.
Dastlab ushbu yosh toifasida ham yunon-rum kurashi ustalari musobaqaga kirishishdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
V Kirgizstane sbornaya Uzbekistana zavoyevala 1 zolotuyu i 3 bronzovie medali
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Oltin medal: -77 kg: Dilshod Omongeldiyev;
Bronza medal: -60 kg: Akmal Hamroyev, -72 kg: Jamol Jumaboyev, -82 kg: Abrorbek Mamirov.