TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon minglab askarlar dushman harbiy texnikasini yo‘q qilgani yoki qo‘lga kiritgani uchun mukofot pullari oldi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.
"O‘tgan yili 7064 nafar rossiyalik jangchi Ukraina va G‘arbning 11586 birlik harbiy texnikasini yo‘q qilgani uchun to‘lov oldi. Joriy yilning besh oyida esa 3193 nafar harbiy xizmatchi dushmanning 4415 ta texnikasini yo‘q qilgani uchun mukofot oldi", - deyiladi xabarda.
To‘lovlar harbiy qismlar komandirlarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi va harbiy xizmatchilarning shaxsiy moliyaviy hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar yo‘q qilingan dushman texnikasi uchun to‘lovlar olishiga hech qanday cheklovlar yo‘q, deb ta’kidladi harbiy departament.
Mukofot pullarini to‘lash miqdorlari quyidagicha:
300 ming rubl - urib tushirilgan Ukraina vertolotlari (45 ta) va samolyotlarining (71ta) har biri uchun. Shuningdek, "Tochka-U" taktik raketa kompleksining uchirish moslamalari (15 ta), AQShda ishlab chiqilgan HIMARS ko‘p raketali tizimlarini yo‘q qilish uchun;
100 ming rubl - zirhli transport vositalarining har biri uchun;
50 ming rubl - jangovar zirhli transport (1501 ta) , o‘ziyurar to‘plar (203 ta) reaktiv o‘t ochish qurilmalari (85 ta) "Olxa", "Smerch", "Uragan" va HIMARS tizimlari tomonidan otilgan 941 ta raketa va 1211 ta uchuvchisiz apparatlarni muvaffaqiyatli tutib olgani uchun.
Qrimda Rossiya kemalari va fuqarolik infratuzilmalariga hujum qilgan oltita dengiz dronlarini yo‘q qilgan harbiy dengizchilarning har biri 200 ming rubldan oldi.
Hozir Zaporojye va Janubiy Donesk yo‘nalishlarida AQSh va NATOning boshqa davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan nemis "Leopard 2" tanklari va zirhli mashinalarini yo‘q qilgan jangchilarga to‘lovlar amalga oshirilmoqda, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.