TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun, 15-iyun kuni Toshkent shahrining uchta tumanidagi oltita MFYda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
Yashnobod tumanining: "Tovkantepa" va "Mirishkor" MFYlarining ayrim hududlarida soat 16:00 gacha;
Mirobod tumanining: "Inoqobod" va "Banokatiu" MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumanining: "Qatortol" va "Hosilot" MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.