RF pasportini olayotgan migrantlarni harbiy ro‘yxatga olish taklif qilindi

Fadeyev Rossiya pasportini olgan migrantlarni harbiy ro‘yxatdan o‘tish uchun majburlashga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi rahbari Valeriy Fadeyev erkak migrantlar Rossiya pasportini olishi bilan ularni harbiy ro‘yxatga olishni taklif qildi.

“Maxsus harbiy operatsiya boshlandi, ko‘plab erkak migrantlar esa harbiy xizmatga majbur emas. Ehtimol, ularni Rossiya fuqarosining pasportini olish bilan bir vaqtda harbiy ro‘yxatga ham olish kerakdir?”, — dedi Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeyev.

Uning ta’kidlashicha, bu huquqlarning buzilishiga kirmaydi.
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) 14-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. “RIA Novosti” forumning media hamkori va mezbon fotoagentligi hisoblanadi.
Xorijda qiyin ahvoldamisiz?
Ish haqqingizni berishmayaptimi;
Majburiy mehnat
yoki odam savdosi qurboni bo‘ldingizmi?
Agar xorijda shunday muammolarga duch kelsangiz, quyidagilarga xabar qiling:
▪️1176 – ishonch telefoni
▪️1092 – ishonch telefoni
▪️1282 – telefon raqami
▪️ dmi.mehnat.uz sayti
▪️ @mehnathuquq_bot
▪️ @migrant_musofir