O‘zbekiston Rossiyadan sayyohlar oqimini 1 mlnga yetkazmoqchi

Raimov 2022-yilda O‘zbekistonga 567 ming rossiyalik sayyoh tashrif buyurganini, bu 2021-yilga nisbatan 377 ming kishiga ko‘p ekanligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan kelayotgan sayyohlar oqimini 1 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi turizm sektori rahbari Azamat Raimov Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi sahnasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Respublikamiz rahbariyati shaxsan elchimiz Botirjon Zakirovich Asadovga Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda turizm sohasini mustahkamlash va yaqin kelajakda rossiyalik sayyohlar sonini bir million kishiga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi”, - dedi u.
Raimov, shuningdek, 2022-yilda O‘zbekistonga 567 ming rossiyalik sayyoh tashrif buyurganini, bu 2021-yilga nisbatan 377 ming kishiga ko‘p ekanligini ta’kidladi.

“Ya’ni biz nafaqat pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga erishdik, balki ularni ortda qoldirdik”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, respublika erishilgan natija bilan to‘xtab qolmoqchi emas, chunki turizm salohiyati katta.