O‘zbekiston yangi xalqaro multimodal transport yo‘lagini tashkil etishni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Belarus bilan yangi multimodal transport yo‘lagini yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus yangi multimodal transport koridorini yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Transport vazirligida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston – Belarus qo‘shma komissiyasi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda Belarus transport va kommunikatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksey Lyaxnovich boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Qo‘shma komissiya majlisida tomonlar transport logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

“Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, xorijiy ruxsatnoma blankalarini o‘zaro almashish kvotasini ko‘paytirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Tomonlar “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yangi multimodal transport koridorini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda "Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” yangi multimodal transport yo‘lagini shakllantirishni taklif qilgan edi.