Indoneziya Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi

Ta’kidlanishicha, 15-18 iyun kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi va Konstitutsiyaviy sudda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun Indoneziya Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Vaxiduddin Adams boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 15-18 iyun kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi va Konstitutsiyaviy sudda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda tashabbusli budjet amaliyoti tajribasi bilan ham tanishadi.