Adekvat mualliflar bir yildan ortiq vaqt davomida ogohlantirib kelgan, har xil rusofoblar g‘azab bilan masxara qilgan narsa sodir bo‘ldi. Amerikaning Bloomberg nashri Yevropa siyosiy rahbariyati tomonidan rad etilgan hisob-kitoblarning to‘g‘ri ekanini tasdiqlovchi bir nechta maqola bosib chiqardi. Ularda Germaniya vitse-kansleri va ayni vaqtda Iqtisodiyot vaziri nutqidan iqtiboslar keltirib o‘tadi.
Bad-Zarovdagi nemis hamjamiyatida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda so‘zga chiqqan Robert Xabek ikkilanmasdan va ochiqchasiga, nemis sanoatining barcha xilma-xil sohalari bu qishning boshida, og‘ir tarixiy inqirozga tushib qolishi mumkinligini va hatto to‘xtab qolish mumkinligini aytdi.
Har qanday jonkuyar xo‘jalik egasi qishga yozdan tayyorlanishni boshlaydi. Nemislar esa har qanday ishga o‘zlariga xos bo‘lgan puxtalik va jiddiylik bilan yondashadi.
Davlat ixtiyoridagi raqamlardan to‘liq va bevosita xabardor bo‘lgan Robert Xabek ta’kidlashicha, Germaniya sanoati inqiroziga — Rossiya tabiiy gazi sabab bo‘ladi. Ha Yevropa Ittifoqi, ROssiyaning tez orada bankrot bo‘lishiga umid qilib, dabdabali ravishda voz kechgan aynan o‘sha Rossiya gazi.
Olaf Shols jamoasi to‘satdan og‘ir moliyaviy va energiya tanqisligini his etib uyg‘ondi va sharq importining o‘rnini bosishning imkoni bo‘lmaganini, ya’ni rus gazining o‘rnini bosadigan manbaa topilmaganini aytib bong ura boshladi. Ustiga ustak Yevropadasuyultirilgan gazni saqlash uchun yetarli hajmlar yo‘qligi ham ma’lum bo‘ldi. Isitish mavsumi boshida (sentabr oyi oxirlari) energiya tashuvchilarning narxi qancha bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ammo buni hali holva, asosiy muammo hali oldinda.
Ikkinchi salbiy omil - bu barcha sodda va ishonuvchan davlatlar qulog‘iga quyilgan mashhur Yevropa birligi bo‘ldi. Ya’ni har bir YeI davlati o‘z iqtisodiyoti hajmi va umumiy iste’molidan kelib chiqqan holda tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tasdiqlangan meyorlar mavjud. Bu shuni anglatadiki, Germaniyada ichki energiya tanqisligi bo‘lib turgan vaziyatda, Berlin sharqdagi YeI mamlakatlarini (Polshani) gaz bilan ta’minlashi shart. Boshqacha aytganda, o‘z sanoatini tashnalikdan o‘limga mahkum bo‘lgan vaqtda ular Polshaning yarim o‘lik iqtisodiyotini qutqarishga majbur. Aytgancha, Polsha YeI eng iqtisodiy gullab-yashnagan vaqtlarda ham eng katta moliyaviy subsidiyalar olgan davlat, ya’ni u anchadan beri boy Germaniyaga tayanib yashamoqda.
Zaldagi tomoshabinlar eshitganlarini hazm qilishayotganda, Robert Xabek uchinchi, nokaut zarbasini berdi. Sohadagi barcha mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya gaz eksporti bo‘yicha mavjud shartnomalarni uzaytirish va kengaytirishga tayyor, ammo "Shimoliy oqim" quvurlarining uchtasi portlatilganidan so‘ng — buning jismoniy imkoniyati bir necha baravar kamaydi. Moskva, Brusselning bugungi umidsiz vaziyatni yaxshi tushunadi va boshqacha shartlar qo‘yishi ham mumkin. Shu bilan birga, bunday natijaning nazariy ehtimoli ham Ukrainaning bu sxemadagi ishtirokini istisno qiladi, chunki u Rossiya bilan hech qanday muzokaraga kirishmaydi.
Bozorga AQSh tomonidan faol chiqarilayotgan AQShdan suyultirilgan gaz ham vaziyatni o‘zgartira olmadi.
Germaniya vaziri mamlakat shimolidagi hukumat tomonidan o‘tgan yil davomida qurilishi boshlangan yagona regazifikatsiya terminali qurilishi haqiqatda to‘xtab qolgan. Ajablanarlisi shundaki, bunda Rossiya aybdor emas. Obyektning ishga tushirilishi qirg‘oq ekologiyasiga zarar etkazishi mumkinligi tufayli mahalliy aholi va ekologik tashkilotlar qarshi chiqqan. Bu juda istehzoli, chunki bu Berlinning o‘zi juda faol targ‘ib qilgan "yashil kun tartibi" devoriga o‘zining peshonasi urilmoqda.
Bloombergda chop etilgan ikkinchi maqolada ham muammo jiddiy tus olgani aks etgan. Xususan nemis sanoatchilari, xususan, RWE AG konserni vakillari, Ukraina g‘arbida yer osti gaz omborlarilaridan foydalanish imkonini ko‘rib chiqishgan. Ehtimol ular Germaniyaning real sektorini saqlab qolish mumkinmi yoki yo‘qligini taxmin qilmoqdalar. Ayni paytda YeI shaxsiy gaz omborlari 70 foizga to‘lgan, Ukrainaning Lvov viloyatidagi yer osti omborlari esa atigi uchdan bir qismi to‘ldirilgan. Ular to‘ldirilsa va Slovakiya, Polsha, Avstriya va Germaniyaga yuborilsa, bu YeI iste’molning kamida 10-15 foizini qoplashi mumkin.
Shu bilan birga, hayratlanarli statistika hamma uchun ma’lum bo‘ldi.
So‘nggi bir yarim yil ichida Yevropa Ittifoqi bozorlarda vahimaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida iste’molchilarga kompensatsiya to‘lash uchun 646 milliard yevro sarflagan ekan, Bruegel tahliliy agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra. Taqqoslash uchun: G‘arb ekspertlari Rossiyaning butun harbiy budjetini 65-70 milliard dollarga, ya’ni Yevropa Ittifoqi o‘z iqtisodini oyoqda sailab iolish uchun xarajat iilgan mablag‘lardan taxminan o‘n baravar kam deb belgilashgan.
Albatta Ukraina sxemasining inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklari bor. Gaz omborlari harbiy harakatlar chizig‘idan uzoqda joylashgan va YeI mamlakatlari chegarasiga yaqin va ular bilan zich quvurlar tarmog‘i bilan bog‘langan. Shu sababli bu yerdan gaz yetkazib berish darhaqiqiqat Yevropani qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Ammo maqolada tilga olinmagan bitta kichkina muammo bor — Ukraina gaz omborlarini faqat Rossiya gazi bilan to‘ldirish mumkin. Lekin Rossiya gazining oqimi so‘nggi yillardagi qarama-qarshilik ishtirokchilarining sa’y-harakatlari bilan tobora zaiflashib bormoqda.
Shu munosabat bilan, Olaf Shols va uning sheriklari qishgacha qish uchun bir nechta janoza ibodatlarni o‘rganishlari kerak degan fikr bor. Asqotadi.