Tramp Baydenni Ukraina kompaniyasidan pora olganlikda aybladi

AQShning sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar “haqiqiy josuslik va haqiqiy jinoyatlardan” diqqatga chalg‘itishga urinishdir.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, amaldagi Oq uy rahbari Jo Bayden vitse-prezident lavomida ishlagan paytida Ukrainaning “Burisma Holdings” energetika kompaniyasidan pora olgan. Tramp Nyu-Jersi shtatida tarafordorilari oldida chiqish qilayotib, shunday bayonot berdi.
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar “haqiqiy josuslik va haqiqiy jinoyatlardan” diqqatga chalg‘itishga urinishdir.
“Keling, til biriktiramiz va hech kim besh million dollar miqdordagi pora haqida gapirmasligi uchun unga qarshi ayblov qo‘yamiz”, - dedi Tramp.
Shuningdek, siyosatchi avvalroq amerikalik senator Chak Grassli FQBda Baydenning Ukraina energetika kompaniyasidan pora olganligiga aloqador dalillar borligini aytganini eslatdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ammo FQB bu ma’lumotlarni oshkor qilmayapti.
"Davolab bo‘lmaydigan ahmoq": Tramp Baydenni keskin tanqid qildi