TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Kecha, 13-iyun kuni, poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Dominikana respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Frank Xans Dannenberg Kastelyanos bilan uchrashdi. Bu haqda hokimlik saytida xabar berildi.
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
© Press-slujba xokimiyata Tashkenta
Umurzoqov turizm, kommunal xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u o‘zaro hamkorlik salohiyatini to‘laqonli ishga solish zarurligini ta’kidlab, qo‘shma madaniy tadbirlar — yarmarkalar, ko‘rgazmalar, festivallarni tashkillashtirishni taklif qildi.
O‘z navbatida, Kastelyanos O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidladi. U Toshkent bilan Santo-Domingo shaharlari o‘rtasida Do‘stlik va birodarlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirdi.
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
© Press-slujba xokimiyata Tashkenta
Kastelyanos O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, ko‘plab davlatlar bilan viza tizimining bekor qilinishi sayyohlar uchun keng yo‘l ochganligini ta’kidlab, bu Dominikana fuqarolarining ham e’tiborini tortganligini qayd etdi.
Birgalikda qo‘shma madaniy tadbirlar, milliy festival va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taraflar amaliy muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
© Press-slujba xokimiyata Tashkenta