TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Kecha tunda "Silk Avia" aviakompaniyasiga tegishli samolyot kuchli shamol tufayli Termiz aeroportiga o‘z vaqtida qo‘na olmadi, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) tufayli "Silk Avia" aviakompaniyasining USA753 (Toshkent-Termiz) reysi ekipaji Buxorodagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qildi.
Buxoro xalqaro aeroportiga yetib kelishning taxminiy vaqti mahalliy vaqt bilan 20:25 bo‘lgan. Shundan so‘ng u 22:10 da Termiz aeroportidagi uchib ketdi.