TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. G‘arb tomonidan e’lon qilingan iqtisodiy urush hammaga ta’sir qilmoqda, biroq Rossiya qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengdi. Bu haqda Gretsiya bosh vazirining Rossiya va Sharqiy Yevropa bilan munosabatlar masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Dimitris Velanis ma’lum qildi.
“Iqtisodiy urush qat’iy ketmoqda, va u iqtisodiydan haqiqiy urushga o‘tmoqda”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.
Velanisning ta’kidlashicha, “Shimoliy oqim” gaz quvurini portlashish buning yaqqol misoli bo‘ladi, chunki u harbiy vositalar yordamida amalga oshirilgan.
“Shubhasiz, bu sanksiyalar bo‘roni iqtisodiyotga va uning rivojlanish yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq g‘arblik tahlilchilar va iqtisodchilar tobora jiddiyroq tan olishaptiki, Rossiya to‘siqlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi”, - dedi gretsiyalik amaldor.
Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya o‘z kuchlarini to‘plab, ko‘plab ichki o‘zgarishlarni amalga oshirgan hamda import o‘rnini bosish yo‘llarini topgan. Qolaversa, ilgari G‘arb mamlakatlari qatnashgan o‘z iqtisodiyoti sohalarini faol rivojlantirmoqda.
“Balki muammolar bilan, lekin g‘arblik hamkorlarsiz. Hisob-kitoblarga ko‘ra, g‘arblik hamkorlar Rossiya bozoridagi bir yarim trillion dollar daromadni yo‘qotishgan”, - deya tushuntirdi bosh vazirning sobiq maslahatchisi.
Shuningdek, Velanis G‘arb mamlakatlari boshlagan iqtisodiy urush butun dunyoga, jumladan, Rossiyaga xalaqit berayotganini ta’kidladi.
“Biroq Rossiya o‘z iqtisodiyoti uchun yangi hal qilish yo‘llarini topmoqda. Va, albatta, shunday katta boyliklarga ega bo‘lgan bunday katta mamlakat bu qiyinchiliklarni yengadi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Velanis 2015-2019 yillarda Gretsiya bosh vaziri Aleksis Siprasning maslahatchisi bo‘lgan. U 14-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga taklif etilgan.
G‘arb sanksiyalari
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.