Rossiya don bitimidan chiqish haqida o‘ylamoqda — Putin

Vladimir Putin: Rossiya don bitimidan chiqish masalasi haqida o‘ylamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya don bitimidan chiqish haqida o‘ylayapti, ayniqsa, yo‘lak Ukraina tomonidan pilotsiz uchar apparatlar bilan hujum qilish uchun foydalanilayotgani sababli, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Biz hozir bu don bitimidan qanday chiqish haqida o‘ylayapmiz. Ayniqsa, kemalar o‘tadigan bu yo‘laklar dushman tomonidan doimiy ravishda pilotsiz uchar apparatlar, dengiz dronlarini uchirish uchun foydalanilmoqda", - dedi u harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
2022 yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan don bitimini imzolangan. Hujjat don, oziq-ovqat va o‘g‘itlarni Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi. Kema harakatini muvofiqlashtirish bilan Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi shug‘ullanadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabr oyida ta’kidlaganidek, G‘arb Ukraina donining katta qismini Afrikadagi muhtoj mamlakatlarga emas, balki o‘z davlatlariga eksport qilmoqda.
Don tashabbusi paketli bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ikkinchi qism (Rossiya-BMT memorandumi, uch yilga mo‘ljallangan) Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportini blokirovka qilishni, Rosselxozbankni SWIFT tizimiga qayta ulashni, qishloq xo‘jaligi uskunalari, ehtiyot qismlar va xizmatlarni yetkazib berishni qayta tiklash, Tolyatti-Odessa ammiak quvurining ishlashini tiklash va boshqa bir qator tadbirlarni nazarda tutadi. Moskva paketli kelishuvning ushbu qismi hanuz amalga oshirilmagani haqida ta’kidlab kelmoqda.
Rossiya "Don bitimi"ni so‘nggi bor uzaytirdi