TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. G‘arb Ukrainaga kam boyitilgan uranli o‘q-dorilar yetkazib berishga tayyor, chunki zaxirada hech vaqo qolmagan, deydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Ularda (oddiy o‘q-dorilar) shunchaki yo‘q, kam boyitilgan uranli esa bor, zaxiralarda ham bor. Eng osoni – yetkazib berish, chunki ishlab chiqarishni kengaytirish – o‘ziga qimmatlik qiladi”, - deydi Rossiya rahbari harbiy jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Avvalroq "Wall Street Journal" gazetasi amerikalik amaldorlarga tayanib, Oq uy Buyuk Britaniya qatori Ukrainani kam boyitilgan uranli tank snaradlari bilan ta’minlashni ma’qullashini xabar qilgan edi.