TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan 13-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum davomida kamida 160 tankini yo‘qotganini aytdi.
Bugun esa Germaniya mudofaa vaziri Pistorius Bundesver Rossiya tomonidan yo‘q qilingan barcha tanklar uchun Ukrainaga kompensatsiya to‘lay olmasligini aytdi. Uning ushbu bayonot Kiyev rejimi vakillarining "Leopard" tanklarini “uch barobar oshirish” haqidagi jazava talablariga javob bo‘ldi.
Ushbu bayonotning satrlari orasida "Biz qo‘limizdan kelganini qildik, lekin siz faqat yarim-yorti choralarga oshiq bo‘ldingiz, endi bu yog‘ini o‘zingizdan ko‘ring".
Nemislarni tushunish mumkin: ular boshidanoq o‘z tanklarini Ukrainaga yuborishni juda istamagan edilar. Ukraina dalalarida yonayotgan "Leopardlar" ularning "vundervaflya"lari (superqurollari) uchun eng yomon reklama ekanligini yaxshi tushunar edilar va bunga oxirigacha qarshilik qildilar.
Ularning amerikalik boshliqlari orqasiga tayoq bilan urib haydashdi va o‘zlari ham Ukrainaga "Abrams"larni yuborishga qasamod qilishdi, lekin, odatdagidek, aldashdi. Endi bo‘lsa Germaniya G‘arbning "eng yaxshisi tanki" uchun bir o‘zi sharmanda bo‘lmoqda.
Hammasi juda yaxshi boshlangan edi.
Ukraina Qurolli kuchlariga "Leopardlar" yetkazib berilishi haqida xabarlar e’lon qilinishi bilanoq, G‘arb OAVlarida bayram boshlangan edi. Ular bir ovozdan nemis tanklarini ko‘klarga chiqarib maqtab, ular yovvoyi va qoloq ruslarning bir zumda ta’zirni berib qo‘yishi va Ukraina g‘alabasini ta’minlashi haqida maqolalar chop eta boshlagan edi.
NATO tabloidlari esa “Nega rus askarlari nemislarning "Leopard 2" tanklaridan qo‘rqadi?” qabilidagi sarlavhalarga to‘la edi. "Germaniyaning Ukrainaga tanklar yuborish qarori urushdagi asosiy lahzadir" kabi sarlavhalar ham bor edi.
Ko‘p sonli ekspertlar g‘arb auditoriyasiga nemis tanklari "urushning borishini o‘zgartirish imkoniyatiga ega", "zamonaviy G‘arb tanklari Rossiya tanklaridan bir avlod oldinda" ekanligini tushuntirib berishardi. "Germaniya tanklari, shubhasiz, Rossiyanikidan ancha yaxshi", chunki "Germaniya "Leopard 2" harakatchanligi, xavfsizligi va otish kuchi jihatidan dunyodagi eng yaxshi tanklardan biri hisoblanadi" deb izoh berishardi "ekspertlar".
Ammo "dunyodagi eng yaxshi tanklardan biri" negadir rus qurollari va rus ruhiyatiga bardosh bera olmadi va so‘nggi kunlarda yo‘q qilingan yoki shikastlangan "Leopardlar" soni allaqachon yigirmaga yaqinlashmoqda. Bu shuni anglatadiki, may oyining oxirida Germaniya tomonidan Ukraina Qurolli Kuchlariga yetkazib berilgan 60 ta "Leopard 2" tankidan rus askarlari uch kun ichida uchdan birini yo‘q qildi.
Yonayotgan "Leopardlar" haqidagi xabar G‘arb OAVlari boshiga sovuq suv quygandek bo‘ldi. Nemis tanklarini ko‘rib qochayotgan rus askarlari haqidagi maqolalar birdan yo‘qolib qoldi, va bularning o‘rniga qayg‘uli va oqlovchi maqolalar paydo bo‘la boshladi:
"Hatto G‘arbning eng ilg‘or jangovar tanklari —Germaniyaning "Leopard 2A6" va Britaniyaning "Chellendjer 2" tanklari ham — yengilmas emas.
"Asosiy jangovar tanklar himoyani yorib o‘tishga yordam beradi, ammo ular ham mo‘’jizaviy qurol emas, albatta, "Leopard 2s" ham yo‘q qilinishi mumkin."
"Ukraina birinchi marta Germaniyaning "Leopard 2" asosiy jangovar tanklarini jangga yubordi va bu falokat bilan yakunlandi. Jangovar guruhining yo‘qolishi bu Kiyevning mag‘lubiyati va Rossiyaning g‘alabasi".
Germaniya uchun sharmandalikdan tashqari, sof iqtisodiy zarar ham yaraga tuz bo‘lmoqda. Har bir "Leopard 2" nemis soliq to‘lovchilariga kamida 32 million dollarga tushadi. Taqqoslash uchun: "Kornet" tankga qarshi raketasi atigi 80 ming dollar, ("Muqaddas Javelina" - 600 ming dollar). Bu yerda muvozanat kim tomonda ekanligini hatto Klichko ham tushunadi.
Vaziyat shu darajaga yetdiki, Ukraina Qurolli kuchlariga “besh kun ichida eng zamonaviy NATO texnikasini yo‘qotishni asoslab berish” haqida tahdidli ko‘rsatmalar kela boshladi. Shubha yo‘qki, ular bahona topadilar: Ukraina Qurolli kuchlari hisobotlar sohasida ijodkorligi bilan mashhur.
Ammo buni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki "404-mamlakat" dalalarida bugun "Leopardlar" bilan birga NATOning barcha davlatlaridan kelgan internatsional texnikalar yonib kul bo‘lmoqda. Rossiya qo‘shinlari 2 kun ichida g‘arb texnikasining o‘nlab turlarini yakson qildi, jumladan, Finlyandiyaning "Leopard" jangovar razvedka mashinasi, Fransiyaning AMX-10RS tanklari, Polshaning "Srab" o‘ziyurar to‘plari, Amerikaning "MaxxPro" BTRlari, va" Bradley" BMPlari.
Ikkinchidan, G‘arb manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining uch kunlik "qarshi hujumi" davomida 16 ta "Leopard 2" yo‘q qilingan, ya’ni Ukrainaga yetkazib berilganlarning 15 foizi.
Hammasi bo‘lib, turli manbalarga ko‘ra, 2022-yil fevral oyidan beri Ukraina Qurolli kuchlari to‘rt mingga yaqin harbiy texnikani yo‘qotdi, bu ularning G‘arb kuratorlarini chuqur qayg‘uga soladi.
Fevral oyida Germaniya Iqtisodiyot vazirligi Ukrainaga 178 tagacha qo‘shimcha "Leopard 1A5" - birinchi avlod tanklarini eksport qilishni ma’qulladi, ammo hozir - leopard rangidagi falokatdan keyin - bu yetkazib berish kechiktirilishi yoki bekor qilinishini kutish mumkin.
Ammo ushbu tanklar yetkazib berilgan taqdirda ham, bu muhim ahamiyatga ega emas, chunki Rossiya G‘arbning hech qanday mo‘’jizaviy quroli rus askarini mag‘lub eta olmasligini yana bir bor ko‘rsatdi. Va agar takrorlash kerak bo‘lsa, biz takrorlaymiz.