Farg‘onada Rossiyaning "Magnit Kosmetik" do‘koni ochildi

Farg‘onada ish boshlagan MCosmetic Toshkent shahri va uning viloyatidan tashqarida ochilgan birinchi do‘kon bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Magnit” riteyleri Farg‘onada MCosmetic ("Magnit Kosmetik") do‘konini ochdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Farg‘onada ish boshlagan MCosmetic Toshkent shahri va uning viloyatidan tashqarida ochilgan birinchi do‘kon bo‘ldi.
Yangi do‘kondan 8000 dan ortiq mahsulot nomlari, jumladan, tarmoqning o‘z brendlari ostidagi 1,2 ming ta tovar, jumladan, "Stellary", "Beauty Bomb", "KuMiHo", "Gardenica", shuningdek, eksklyuziv brendlar va halol mahsulotlar o‘rin olgan.
Hozir "MCosmetic" do‘konlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bor. Toshkentning o‘zida ularning soni 26 taga yetgan.
Kompaniya yil oxirigacha Samarqand, Namangan, Marg‘ilon kabi shaharlarda ham "Magnit" do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda. Respublikadagi do‘konlar soni kengayishi natijasida ularning soni 80 taga yetishi kutilmoqda.