"Bradley" jangovar mashinasining qirg‘in qilinishi – AQSh afsonalarini puchga chiqarmoqda

G‘arbning maqtalgan jangovar texnikasining Ukrainada tezkor yo‘q qilinishi — ularni ishlab chiqargan kompaniyalar obro‘yi va aksiyalarini tushirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya harbiy qurollari Ukraina Qurolli Kuchlarining Amerika zirhli texnikasini tezkorlik bilan tarix chiqindixonasiga yubormoqda.
Avvalroq "Patriot" zenit raketa tizimi, "Javelin" tankga qarshi raketa tizimlari, M777 gaubitsasi va AQShning boshqa “o‘zigacha” tarkibiy qismlari ham aynan o‘sha yerga yuborilgan edi.
Rossiya qo‘shinlari Germaniya va Fransiyada ishlab chiqarilgan jangovar mashinalarni yo‘q qilishda xuddi shunday samarali natija ko‘rsatmoqda – Ukraina harbiy harakatlar teatrida G‘arb qurol ishlab chiqarish texnologiyasi mag‘lub bo‘lmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi bugun Ukrainaning “qarshi hujumi” eng faol amalga oshirilayotgan Zaporojye viloyatida deyarli zarar ko‘rmagan "Bradley" piyoda askarlar jangovar mashinasi va "Leopard" tanklari qo‘lga olinganini tasdiqladi. Avvalroq Rossiya va xorijiy nashrlar maxsus harbiy operatsiya hududida NATO ning o‘nlab nisbatan zamonaviy zirhli texnikasining yo‘q qilingani haqidagi dalillarni e’lon qilgan edi. Bunday “manzaralar” tezda G‘arbni ko‘p qutbli dunyoning og‘ir haqiqatiga qaytarmoqda.

Videolarning birida rus tanki "M2A2 Bradley" piyoda askarlar jangovar mashinasiga 1385 metr masofada qarshi hujumda zarba bergani aks ettirilgan. Bu hali eng yaxshi ko‘rsatkich emas – Rossiyaning “Kornet” tankga qarshi raketa tizimi 10 km gacha bo‘lgan masofada 1300 mm kuchli himoyani 95 foizdan ortiq aniqlik bilan yorib o‘tadi. Ka-52 hujum vertoloti platformasidagi “Vixr-M” tankga qarshi raketa tizimi xuddi shunday jangovar xususiyatlarga ega.

Kecha CNN telekanalining xabar berishicha, Ukraina armiyasi AQSh tomonidan yetkazib berilgan barcha "M2A2 Bradley" piyoda askarlar jangovar mashinalarining 15 foizini yo‘qotgan – 109 ta Amerika zirhli texnikasidan 16 tasi bir hafta ichida yo‘q qilingan, zarar ko‘rgan yoki tashlab ketilgan. G‘arbda 2022-yil fevralidan beri Kiyev rejimi 3600 dona harbiy texnikani yo‘qotgan, deb hisoblashadi. Rossiya Mudofaa vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya davomida UQK ning 9900 ta tanki va boshqa jangovar zirhli texnikasi qurolsizlantirilgan.
Vashington Ukraina harbiy harakatlar teatrida "Bradley" piyoda askarlar jangovar mashinalarining ommaviy yo‘q qilinishidan shubhasiz xavotirda va ko‘proq harbiy texnika yuborishni rejalashtirmoqda. Axir, AQSh harbiy-sanoat majmuasining obro‘si, o‘nlab yillar davomidagi xorijiy buyurtmalar va yuzlab milliard dollarlar xavf ostida. Jahon qurol bozorining mohiyati o‘zgarmoqda. Pentagonning Yaqin Sharqdagi operatsiyalarida "M2 Bradley" “dunyodagi eng yaxshi” "Abrams" tanklaridan ko‘ra ko‘proq dushman zirhli texnikasini yo‘q qilgan.

Biroq, 2003-yilda Amerikaning Iroqqa bostirib kirishi paytida 150 ta "Bradley" jangovar mashinasi vayron qilingan. Bu ko‘rsatkich – UQKning 2023-yil iyun oyidagi “qarshi hujum” yo‘qotishlarini bashorat qilish uchun ishonchli mezondir.

Pentagon Kiyevga qo‘shimcha "Bradley" piyoda askarlar jangovar mashinalari va "Stryker" zirhli transportorlarini o‘z ichiga olgan yangi harbiy yordam to‘plamini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Vaqt Amerikaga qarshi ishlamoqda.

NATO mashinasi mag‘lubiyatga uchradi

4 iyundan boshlangan “qarshi hujum” davomida UQK katta yo‘qotishlarga duch keldi. Bir nechta "Leopard 2A6" tanklari va "Leopard 2R" mina tozalash harbiy mashinalari yonib ketdi. Rossiya mudofaasining “po‘lat devori” bilan to‘qnash kelgan Amerikaning "Bradley" piyoda jangovar mashinalari (1981 yildan beri xizmatda) kabi “yengil tanklar” UQK ga jang maydonida “hujum va zirh borasida” Pentagon o‘ylaganchalik yaxshi natija ko‘rsata olmadi.
"Bradley"ning namunaviy qurollanishi: 7,62 millimetrli pulemotga biriktirilgan 25 mm avtomatik to‘p (3000 m masofagacha) va TOW-2 tankga qarshi boshqariladigan raketa (3750 m masofagacha). Desant - yetti kishi. Lazerli masofa o‘lchagichli yong‘inni boshqarish tizimi mavjud (teplovizor boshqaruvi haydovchi nazorati ostida). Rossiyaning BMP-3 bilan jangda Amerikaning "Bradley" mashinasi, umuman olganda, yutqazadi. Zamonaviyroq BMP-3 bortida 100 mm qurol – 30 mm 2A72 to‘p biriktirilgan 2A70 o‘q otish moslamasi mavjud. U “tanklar va artilleriya yordamisiz hujum va mudofaada motor-piyoda askarlar bo‘linmalari uchun samarali jangovar operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi”. 2A72 quroli har qanday modifikatsiyadagi Amerika zirhli mashinasiga samarali zarba berishi kafolatlangan, ammo "Bradley" piyoda askarlar jangovar mashinasini zich mina maydonlari va ilgari aytib o‘tilgan “Vixr-M” yoki “Kornet” tankga qarshi raketa tizimlari (kunduzi - 10 km masofada, kechasi – 6 kmgacha) yo‘q qilishi ehtimoli katta. "Bradley" UQK tarkibidan yo‘q qilinishidan oldin uranli standart snaradlar bilan mo‘ljalli (3 km gacha) zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Agar uranli o‘q-dorilar oldingi otradgacha yetib borsa.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken UQK ning muvaffaqiyatli qarshi hujumi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokaralarni boshlashga majbur qilishiga umid qilmoqda.

Albatta, AQSh tarixida bundan yuqoriroq darajadagi aqliy qobiliyatga ega davlat kotiblari ham bo‘lgan. Afg‘onistonda 20-yillik bosqinchilikdan so‘ng tolibonlardan tepki olgan Pentagon va NATO hanuzgacha dunyodagi birinchi yadroviy davlatga o‘ylab topilgan qoidalar yoki shartlar qo‘yishga urinmoqda. Ayni paytda Bayden ma’muriyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni UQK qarshi hujumining muvaffaqiyatsizligi oqibatlari – harbiy va moliyaviy yordamning qisqartirilishi, AQSh obro‘sini yo‘qotishi borasida ogohlantirdi.

G‘arbda “UQK ning hujumi boshi berk ko‘chaga kirgan” ekanligi haqida tushuncha oydinlashmoqda. Amerikaning "The Wall Street" jurnali umidsizlik yo‘sinida e’lon qiladi: “Ukraina hujumi o‘q uzmaydigan harbiy texnikasiga tayanmoqda”.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok maxsus operatsiya hududida zarba olgan “Leopardlar”ni nemislarniki deb atamaslikni so‘radi. "Rheinmetall AG" aksiyalari 8,56 foizga tushdi, "Bradley BAE Systems" tashkiloti kapitalizatsiyaning 4 foizini yo‘qotdi, “Lanset” tomonidan IRIS-T zenit raketa tizimi yo‘q qilinganidan so‘ng "Leonardo S.p.a." aksiyalari 6,5% ga tushdi.

"Der Tagesspiegel" nashri bashorat qiladi: “UQKning qarshi hujumi G‘arb uchun og‘riqli mag‘lubiyatga aylanishi mumkin”. Hatto UQK kosmik aloqasi rahbari Ilon Mask ham Ukraina harbiy harakatlar teatrida "Leopard-2" tanklarining kamligi borasida katta muammolarni ta’kidladi. Ehtimol, Mask Rossiyada NATOning barcha mamlakatlaridan ko‘ra ko‘proq tank borligini bilmaydi.

Ukraina mojarosi AQSh va ittifoq qurollari zahiralarini tugatdi va kamomadni to‘ldirish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Alohida hal qilib bo‘lmaydigan muammo – bu logistika. UQK da G‘arb og‘ir zirhli mashinalari uchun ehtiyot qismlar yetarli emas, ularni Polsha, Chexiyaga ta’mirlash uchun yuborish kerak. Germaniya Slovakiya hududida UQK ning zirhli texnikalarini ta’mirlash bo‘yicha qo‘shma maxsus markaz ochdi. Bularning hammasi behuda. Tarixda Rossiya bilan urushishdan ko‘ra ko‘proq ahmoqlik va umidsiz narsaning o‘zi yo‘q. Vashingtonning qat’iyati o‘ta o‘ylamay qilingan harakat, Yevropa va butun dunyo uchun halokatlidir.
Ukrainaning NATOga qo‘shilish istagi, “Qrimni ozod qilish” haqidagi quruq gapini hisobga olmagan holatda ham, Kiyev rejimi va ittifoqning barcha mamlakatlari, shu jumladan, AQSh uchun o‘z joniga qasd qilishni anglatadi.