O‘quvchilarga sharoit yaratmasdan turib, ta’lim sifati haqida gapirish befoyda — Mirziyoyeva

Qayd etilishicha, tez orada Angor tumanidagi 9-maktabni ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 9-maktabga bordi. Mirziyoyeva bu haqda o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Saida Mirziyoyeva Angor tumanidagi maktabga bordi
“Afsuski, chekka hududlardagi ayrim maktablarimizning ahvoli nihoyatda ayanchli. Men Angor tumanidagi 9-maktabni ko‘zdan kechirib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
Ta’kidlanishicha, maktabda eng birlamchi sharoitlar ham yo‘q, kommunikatsiya, maktab jihozlari, o‘quvchilar uchun joylar yetarli emas.
Saida Mirziyoyeva Angor tumanidagi maktabga bordi
“Maktablarga ehtiyoj muntazam ravishda oshapti. Tug‘ilishlar soni yildan yilga ko‘pligi uchun ham ba’zi maktablarda bitta sinfda 40 tagacha o‘quvchi o‘tirgani ham bor gap. Hali yana ko‘plab o‘quv o‘rinlari barpo etilishi kerak. Bu og‘ir jarayon. Lekin bu muammolarni hal etmaslikning iloji yo‘q, o‘quvchilarga sharoit yaratmasdan turib, ta’lim sifati haqida gapirish befoyda”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tez orada Angor tumanidagi 9-maktabni ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari boshlanadi.
Saida Mirziyoyeva Angor tumanidagi maktabga bordi
Saida Mirziyoyeva Angor tumanidagi maktabga bordi
Saida Mirziyoyeva Angor tumanidagi maktabga bordi
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva Termiz shahridagi 13 va 26-umumta’lim maktablarining IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirish marosimida ishtirok etgan edi.