O‘zbekistonlik chavandoz Moskvadagi musobaqada oltin medal qo‘lga kiritdi

Alimjonovga “Champions ligas” laqabli tulpori hamrohlik qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Emerald stables” ot sporti majmuasida konkur bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xurshidbek Alimjonov “Speed&music” nomini olgan 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Bellashuvlar davomida Alimjonovga “Champions ligas” laqabli tulpori hamrohlik qildi.