Amerika, Rossiya va Ukraina: Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda nima dedi
Agar G‘arb Ukraina mojarosini tinchlik yo‘li bilan tugatishni istasa, faqat bitta qaror qabul qilishi kerak — qurol va texnika yetkazib berishni to‘xtatish, dedi Putin.
SputnikTOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Ukraina muammosini hal qilishning kaliti G‘arb tomonida, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
"Biz tushunamizki, (Ukrainadagi) muammolarni hal qilishning kaliti ular tomonida. Agar ular haqiqatan ham bugungi mojaro muzokaralar yo‘li bilan tugatilishini istasa, ular faqat bitta qaror qabul qilishlari kerak - qurol va texnika yetkazib berishni to‘xtatish. Bor yo‘g‘i shu" - dedi Putin.
Amerika mojaro davom etishini istaydi
AQSh Ukraina mojarosiga tobora ko‘proq aralashib, xalqaro inqiroz keltirib chiqarmoqda, dedi Rossiya prezidenti.
"Qo‘shma Shtatlar tobora ko‘proq, deyarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu mojaroga botib bormoqda va jiddiy xalqaro xavfsizlik inqirozini qo‘zg‘atmoqda. Kecha bizning harbiy kemamizga hujum qilgan dronlar faoliyatini korrektirovka qilish - bu jiddiy narsa. Ular biz bundan xabardor ekanimizni bilishlari kerak.
Biz hali ham bu bilan kelajakda nima qilish haqida o‘ylayapmiz, lekin umuman olganda mana shunday vaziyat bor", deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Qora dengizda Rossiyaning "Priazove" kemasiga Ukraina masofadan boshqariladigan qayiqlar bilan muvaffaqiyatsiz hujum qilgan edi. "Priazove" Qora dengiz tubidan o‘tgan "Turk oqimi" va "Moviy oqim" gaz quvurlarini xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini bajargan.
Hujum vaqtida havoda AQShning strategik uchuvchisiz apparati "Global Hawk" ushbu joy yaqinida neytral hududda bo‘lgan.
AQSh mojaroga tobora ko‘proq pul tikmoqda: Pentagon bayonotiga ko‘ra, Bayden davrida AQShning Ukrainaga harbiy yordami 40,7 milliard dollardan oshdi. Eng so‘nggi yordam paketi, 13-iyun kuni e’lon qilingan, 15 ta "Bradley" BMPlari va 10 ta "Stryker" BTRni o‘z ichiga oladi.
Amerikaning ittifoqchilari yo‘q, faqat vassallari bor.
"Amerikaliklar o‘zlarini juda pragmatik tutmoqdalar va hamma narsa faqat o‘z manfaati uchun hal qilmoqda. Ular o‘z ittifoqchilarining manfaatlarini o‘ylamagan, ularning ittifoqchilari ham yo‘q. Ularning faqat vassallari bor - vassallar ular uchun qanday rol tayyorlab qo‘yilganini tushuna boshladilar", - dedi Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
Uranli snaradlar haqida
G‘arb Kiyevga kam boyitilgan uranli snaradlarni berishga tayyor, chunki ularning omborlarda boshqa hech narsa yo‘q, dedi Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
“Ularda oddiy (oddiy o‘q-dorilar) tugagan, lekin uranli o‘q-dorilar omborlarda bor... Ishlab chiqarishni kengaytirish esa o‘zi uchun qimmatga tushadi”, - dedi prezident.
Rossiya ham bunga javoban kam boyitilgan uranli snaradlardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
"Bizda ham bunday o‘q-dorilar juda ko‘p, agar ular bundan foydalansa, biz ham xuddi shunday o‘q-dorilardan foydalanish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz. Ular bizda bor zaxirada bor, biz shunchaki ulardan foydalanganimiz yo‘q" - dedi Putin.
Oldinroq "Wall Street Journal" AQSh rasmiylariga tayanib, Oq uy Buyuk Britaniyadan keyin Ukrainaga tugatilgan uranli tank snaradlarini taqdim etishni ma’qullamoqchi ekanini xabar qilgandi.
Ukrainaning qisqacha tarixi
Ukraina 1922-yilda bolsheviklar yetakchisi Vladimir Lenin tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. Hozir esa Ukrainada uning asoschisi yodgorliklari buzib tashlanmoqda, dedi Putin.
"Negadir Vladimir Ilich butun Qora dengiz sohilini, sof tarixiy rus yerlarini boshqa respublikaga berishga qaror qiladi. Albatta, bungacha bu yerda Ukraina bilan bog‘liq bo‘lgan hech narsa yo‘q edi. Haqiqiy Ukraina 1922-yilda paydo bo‘lgan. Katta rus hududlar berilishi hisobidan.< ...>
Bu ishni aqldan ozganlar qilgan, odamlardan hech kim so‘ramagan. Hech qanday ovoz berish bo‘lmagan. Bu nima o‘zi? Xo‘p, mayli, yerni ularga berishibdi, keyin ajralib chiqdi (SSSRdan)<...> Biz shunday paradigmada yashashga tayyor edik. Lekin nega u yerda anti-Rossiya yaratishni boshlashdi? U yerdagi odamlar bunday yashashni istamaydi. Biz ularni tashlab ketishimiz kerakmi? ”, - dedi Putin.
So‘nggi yillarda Ukrainada qilinayotgan barcha ishlarni maqsadi faqat Rossiyaga qarshi qaratilgan bo‘ldi.
"Ular shunchaki anti-Rossiyani yaratmadilar, uni o‘zlarining faoliyatining asosi qilib yaratdilar, va uni kuchaytira boshladilar. Ha, yana NATOga kirish mavzusi ham paydo bo‘ldi".
Rossiya mojaroni tugatishga harakat qilmoqda
Rossiya Federatsiyasi na Qrim voqealarini, na maxsus operatsiyani oldindan rejalashtirmagan, lekin biz shunday qilishga majbur bo‘ldik, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Axir biz hech qanday Qrim voqeasini rejalashtirmaganmiz, hozir bo‘layotgan voqealarni ham rejalashtirmaganmiz. Men aytdim va bugungi uchrashuvimizda - biz bu qurolli to‘qnashuvni to‘xtatishga harakat qilmoqdamiz. Afsuski, biz buni qurol yordamida qilishga majbur bo‘ldik”, - dedi Vladimir Putin harbiy jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga Rossiya bosh qo‘mondoni maxsus operatsiya maqsadlari o‘zgarmasligini va Ukrainani demilitarizatsiya qilish bosqichma-bosqich olib borilayotganini yana bir bor ta’kidladi.
"Ular (maqsadlar) hozirgi vaziyatga mos ravishda o‘zgarib bormoqda, lekin umuman olganda, biz hech narsani o‘zgartirmaymiz va ular biz uchun fundamental xususiyatga ega", - dedi prezident.
Rossiyaning Ukraina qarshi hujumidan keyingi vaziyatga qarab bir nechta harakat rejalari bor, dedi prezident.
"Hammasi bu qarshi hujum deb atalmish amaliyot yakunida shakllanadigan potensiallarga bog‘liq bo‘ladi. Bu asosiy masala. Ukraina rahbariyati o‘zlarining halokatli yo‘qotishlarni tushunadi deb o‘ylayman, bunga yetarlicha asoslar bor. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, ularning ham yelkasida bosh bor-ku, ular bundan keyin nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘rishlari kerak ", - dedi Rossiya prezidenti.
Putin Ukraina qarshi hujumi birorta ham yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishmaganini va juda katta yo‘qotishlar bilan tugaganini ham aytib o‘tdi. Prezidentning aytishiga ko‘ra, G‘arb texnikasi Ukrainaga hech qanday foyda keltirmagan va ularning 25-30 % allaqachon yo‘q qilingan.
Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlar maxsus operatsiya hududiga jo‘natilmaydi va qo‘shimcha mobilizatsiyaga ham ehtiyoj yo‘q, - dedi Putin.
Prezident aytishiga ko‘ra, bugungi kunda maxsus operatsiya uchun 150 ming nafar professional harbiylar Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan. Shuningdek 6 mingga yaqin ko‘ngillilar ham bor.
Rossiyada ishlab chiqarilayotgan qurollarning xarakteristikalari va sifati yaxshilanmoqda, soni oshmoqda, dedi Putin.
"Ammo bizniki (mudofaa sanoati) o‘sib bormoqda va sifati oshib bormoqda, yaxshilanmoqda, xususiyatlar yaxshilanmoqda, diapazon, aniqlik. Va agar maxsus harbiy operatsiya bo‘lmaganida, armiyamiz dunyodagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun, biz mudofaa sanoatini qanday sozlashni hech qachon tushunmagan bo‘lardik."
O‘tgan yil davomida Rossiyada asosiy qurol turlarini ishlab chiqarish 2,7 baravarga, eng ommabop sohalarda – o‘n baravarga oshdi. Sanoat korxonalarining ayrimlari ikki smenada, ko‘plari uch smenada ishlaydi, ular amalda kechayu kunduz ishlaydi va juda samarali ishlaydi, deya tushuntirdi prezident.
Agar Rossiya 8-yil oldin mudofaa sanoatini modernizatsiya qilishni boshlamaganida, hozir bunday harbiy salohiyatga ega bo‘lmas edi. Keyin hokimiyat katta mablag‘ ajratdi, asta-sekin korxonalarni qayta jihozlash va yangilarini qurishni boshladi.
Davlat rahbari Rossiyada aniq boshqariladigan o‘q-dorilar, aloqa vositalari va dronlarni, jumladan "Orlan"lar ishlab chiqarishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.