Zangiotada yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi Darxon” tomonda katta yong‘in bo‘layotgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Kecha, 11-iyun kuni soat 21:41 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Quyoshli MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida taxminan 150 kv.m ochiq maydonda quruq o‘t yongan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:47 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:50 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.