TIVda BAA va Eron elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Bahromjon A’loyev BAA va Eronning O‘zbekistondagi elchilari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklari va Eronning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari Said al-Qamziy hamda Hamid Nayrabodiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.