Silvio Berluskoni vafot etdi - OAV

Silvio Berluskoni vafot etdi - Italiya OAVlari.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 87 yoshida vafot etdi, deb xabar qildi Corriere della Sera.
Italiya OAVlari yozishicha, Berluskoni Milandagi shifoxonada vafot etdi.
Siyosatchi kasalxonadan chiqqanidan atigi uch hafta o‘tgach, juma kuni tushdan keyin yana kasalxonaga yotqizildi.
Avvalroq Italiya OAVlari 86 yoshli senator nafas olish, yurak-qon tomir tizimidagi muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi. Biroq, keyinchalik Berluskoni shifokorlari birinchi marta kasalxonaga yotqizish sababi surunkali leykemiya fonida rivojlangan o‘pka infeksiyasi ekanligini ma’lum qilishdi.