TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,5 mln $ga teng bo‘lgan 8,4 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan. Bu xaqda Statistika agentligi xabar qildi.
2023 yilning 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 4,1 mln juft
- Qirg‘iziston – 2,4 mln juft
- Tojikiston – 1,3 mln juft
- Rossiya – 228 ming juft
Xorijga eng ko‘p oyoq kiyimlar eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 5,6 mln
- Samarqand viloyati – 2,2 mln
- Farg‘ona viloyati – 2 mln
- Xorazm viloyati – 1,3 mln $
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 7,9 million dollarga teng bo‘lgan 3,4 million juft oyoq kiyimlar eksport qilgandi.