TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2022-yil 17-martdagi ajrimiga muvofiq Nukus voqealarida ayblanuvchi 28 kishiga doir qarorini ko‘rib chiqib, o‘z appelyatsiya ajrimini e’lon qildi.
Oliy sudning 2023-yil 12-iyundagi ajrimiga muvofiq 5 nafar sudlanuvchilarning appelyatsion shikoyati to‘liq qanoatlantirilgan.
Xususan, I. Polatovga tayinlangan 5-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga, P. Yesengeldiyev va I. Aitmuratovga tayinlangan 6-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga, I. Saparov va R. Jumabayevga tayinlangan 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 5-yil ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirilgan.
Shuningdek, 16 nafar sudlanuvchilarning himoyachilarining shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan.
Xususan, D. Nadirbayev, A. Yesemuratov, Z. Pirjanov, R. Dosimbetov, Q. Baxiyev, N. Bauyetdinov, R. Baimbetov, Z. Tadjimuratov, K. Yeshjanov, A. Allanazarov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, A. Omirzakov, A. Sariyev, K. Bekpolatov, N. Duysenbayev Ularga belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yoki 2-yil muddatga qisqartirilgan.
Yana 7 nafar sudlanuvchilar K. Begaliyev, N. Xabipov, D. Ramanov, Sh. Ashirbekov, O. Kurbanov, M. Raxmanov, O. Dosnazarovlarga birinchi instansiya sudi tomonidan belgilangan jazo o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Sud qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.