Mirziyoyev Toqayev va Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi

Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan prezident Qosim-Jomart Toqayevga va Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘ini o‘tgan hafta payshanba kuni chaqmoq urishidan keyin boshlangan. Yong‘in oqibatida “Semey o‘rmoni” qo‘riqxonasining 14 ishchisi halok bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 60 ming gektardan oshgan. Yong‘inni o‘chirishga 300 ta texnika, 1500 ga yaqin kishi va 11 vertolot jalb etilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 12-iyunni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.