TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya kuni munosabati bilan telegram-kanalida post joylashtirdi.
Unda u Kiyevning markaziy maydonini bo‘lajak "Rossiya maydoni" deb atadi.
"Maydan nezalejnosti. Tez orada - Rossiya maydoni", - deb yozdi u.
Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning yordamchisi Oleg Osipov bayram munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Kiyev markazidagi Rossiya bayrog‘i tushirilgan suratni bu Rossiya shahri ekanligi va uni Moskva qaytarib oladi, deya izohladi.
"Dmitriy Medvedev Kiyev bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadimiz deb hisoblaydi. Bu Rossiya shahri va u vataniga qaytadi. Biz uni qaytarmagunimizcha to‘xtamaymiz. Bayramingiz muborak!" - Medvedevning so‘zlarini keltirdi uning yordamchisi.