Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Dunyo aholisining aksariyati Rossiyani qo‘llab-quvvatlamoqda — Xersh

Dunyo aholisining aksariyati Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda — amerikalik jurnalist.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Dunyo aholisining aksariyati Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda, AQSh esa aksincha, ishonchni yo‘qotdi, dedi taniqli amerikalik jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh.

“Amerikaparastlikdan voz kechib, Rossiyaga yon bosa boshlagan mamlakatlar, ayniqsa Afrika va Osiyo mamlakatlarining ulushi hayratlanarli darajada. Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi Rossiyani urushda qo‘llab-quvvatlamoqda”, – ma’lum qildi Xersh britaniyalik siyosatchi va jurnalist Jorj Gellouey mualliflik dasturi efirida Ukraina Qurolli Kuchlari boshlagan hujumni sharhlab.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshlanishi bilan joriy qilingan sanksiyalar fonida “Rossiyadagi vaziyat avvalgidek yaxshi emas”. “Biroq, mamlakatning umidsizlikka tushib qolgani haqidagi fikr noto‘g‘ri”, — dedi taniqli muxbir.
AQSh haqida u, aksincha, “dunyoning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan”ligini ishonch bilan ta’kidladi. Misol tariqasida Xersh Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi diplomatik yaqinlashuvni aytib o‘tdi. O‘ning fikricha, bu allaqachon o‘z-o‘zidan sezilarli o‘zgarishlardan darak beradi.
“Mening fikrimcha, bu holat Ukraina tufayli sodir bo‘ldi. Qolaversa, Saudiya Arabistoni o‘z neftining to‘rtdan bir qismini Xitoyga sotmoqda. Saudiyaliklar darhol neft qazib olishni qisqartirish bilan munosabat bildirdi, Eron esa bunga javoban Yamanda katta kuchga ega bo‘lgan husiylarga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada biz o‘zimiz hech qachon erisha olmagan kelishuvga erishdik. Shu yo‘sinda bizni siqib chiqarishmoqda”, – fikr bildirdi Xersh.
Mazkur suhbatda Xersh maxsus harbiy operatsiyaning boshlangan qarshi hujumi Ukrainaning o‘zi uchun ham, Jo Bayden ma’muriyati va NATO blokining yuzi bo‘lgan AQSh uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.