TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. "AvtoVAZ" 2023-yilda 10-15 ming, 2024-yilda esa 50 mingtagacha Lada avtomobillarini eksport qilishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya prezidenti Maksim Sokolov RIA Novostiga.
“Biz endigina eksport dasturlarimizni o‘zgartirishni boshlayapmiz. Ular ko‘p jihatdan hamkorlarimizning davlat tomonidan tartibga solish darajasidagi tayyorgarliklariga bog‘liqdir... O‘zbekiston va Qozog‘istonda yig‘uvchilarimiz mavjud. Ular ishga tushirishga ham tayyor. Ammo u yerda texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha muayan davlat choralarini ko‘rish zarur. Agar bu choralar amalga oshirilsa, bu ko‘rsatkich oshishi mumkin. Hozircha u 10 mingni tashkil etmoqda. Ammo yaqin kelajakda uni 50 foizga oshishi mumkin deb hisoblaymiz”, dedi u joriy yil eksportini sharhlar ekan.
Yil boshida “AvtoVAZ” 30 mingta avtomobilni eksport qilishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan.
Fevral oyida Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov eksport dasturi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan edi.