Tailanddagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik velosportchi kumush medalga ega chiqdi

O‘zbekistonlik sportchi Begzod Rahimboyev 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida kechgan guruh poygasi dasturida kumush medalga ega chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Veloshosse bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida navbatdagi medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchi Begzod Rahimboyev 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida kechgan guruh poygasi dasturida kumush medalga ega chiqdi.
Murosasiz bellashuvda qozog‘istonlik atlet oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, BAA vakili kuchli uchlikni yakunlab berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi shu paytgacha 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan.