TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Bugun respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, 11-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +21-23 daraja iliq, kunduzi +36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +18-23 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +18-23 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +19-24 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +11-16, kunduzi +23-28 daraja iliq bo‘ladi.