TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Shveysariyaning Jeneva shahrida yengil atletika bo‘yicha “Atletica Geneve – EAP” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etapti.
Musobaqaning ortda qolgan kunida o‘zbekistonlik sportchi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida yangi O‘zbekiston rekordini qayd etdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o‘rin olgan “bronza” darajadagi ushbu musobaqada Anvarov 8.22 metr natija qayd etdi. Bu bilan buxorolik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritish barobarida, 1985-yildan beri o‘zgarmay kelayotgan o‘zbekistonlik atletlarning rekordini yangiladi.
Anvar Anvarov (O‘zbekiston) - 8.22 metr;
Alexandro Parada (Kuba) - 8.10;
Min Chang (Gonkong) - 7.82.