Harorat +38 darajagacha isiydi — Toshkentda 10-iyun uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, poytaxt kechasi +21-23 daraja iliq, kunduzi +36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +21-23 daraja iliq, kunduzi +36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Kecha poytaxtda ko‘tarilgan chang hisobiga, Toshkent dunyo yirik shaharlari orasida havo ifloslanishi sifat darajasi bo‘yicha vaqtincha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Hozirda poytaxtda havo sifat darajasi "yashil" darajaga qaydi.