TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilari Toshkent viloyatida velosipedda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga o‘rnatilgan tayanchga boshi kirib qolgan bolaga yordam berishdi.
Qayd etilishicha, 9-iyun kuni soat 16:54 da Toshkent viloyati FVBga 14 yoshli bola Olmaliq shahar To‘maris ko‘chasi bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan haqida xabar kelib tushgan.
Bola ushbu ko‘chaning yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton elektr tayanchiga urilgan va tayanchdagi teshikka boshi kirib qolgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatilgan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Bolani ahvoli yaxshi.