Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi

Aziz Abduhakimov
Deputatlar Abduhakimov nomzodini vazir lavozimiga ma’qullashdi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Aziz Abduhakimov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Deputatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqishdi.
Majlisda Abduhakimov ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar Abduhakimov nomzodini vazir lavozimiga ma’qullashdi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentining tegishli farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi.